Termiz shahrida mazkur sana munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda so'zga chiqqanlar mamlakatimizda, xususan, viloyatda nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o'z o'rinlarini egallashlariga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidlashdi.

Qayd etilganidek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyati bo'lim boshqaruvi tomonidan nogironlarga alohida g'amxo'rlik ko'rsatib kelinmoqda. Jumladan, fond taklifi bilan reabilitatsiya markazlarida  200  nafardan ziyod  nogironlar reabilitatsiya qilindi. Yordamga muhtoj nogironlar 300 dan ortiq protez-ortopediya mahsulotlari, 200 ga yaqin nogironlar aravachasi, 250 dan ziyod eshitish moslamasi, 380 ga yaqin xassa va qo'ltiqtayoq bilan bepul ta'minlandi. 

Viloyat  bo'yicha 400 dan ortiq 1-2-guruh nogironligi bor fuqarolar oilalariga tashrif buyurilib, ular holidan xabar olindi va 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda qishki mavsumga mo'ljallangan kiyim-kechaklar tarqatildi.

“Mahalla”xayriya jamoat fondi

Surxondaryo viloyat bo'lim boshqaruvi