SHuningdek, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. Ana shu jihatlarni e'tiborga olgan holda, yurtimizda faoliyat olib borayotgan barcha konfessiya vakillariga bir xilda e'tibor qaratilib kelinadi. Diniy konfessiyalarga taalluqli bo'lgan yangi diniy tashkilotlarning davlat ro'yxatidan o'tkazilishi esa mazkur konfessiyalarga mansub fuqarolarning diniy ehtiyojlarini o'rganish asosida amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur tamoyilga amal qilingan holda, joriy yil 20 iyul` kuni Farg'ona shahar adliya boshqarmasi tomonidan navbatdagi tashkilot – Farg'ona shahrida joylashgan Novoapostol cherkovi 216-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Ta'kidlash joizki, mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarida O'zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qat'i nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qo'yilgan.

 
 Din ishlari bo'yicha qo'mita
 Matbuot xizmati