Material niobabotit deb nomlandi. Uning o'ziga xosligi shundaki, unda bitta noyob tuproq elementi – niobiy mavjud. Bu o'ta o'tkazuvchan xususiyatga ega qimmatbaho metalldir. Tadqiqotchilarning fikricha, bu kashfiyot akkumulyator texnologiyasi uchun ulkan yangilik bo'lishi mumkin.

Niobiy och kulrang metall bo'lib, u hozirda asosan po'lat ishlab chiqarishda qo'llaniladi, u ko'p og'irlik yuklamasdan uni mustahkamlaydi. Qirollik kimyo jamiyatining ma'lumotlariga ko'ra, niobiy boshqa qotishmalarda ham ishlatiladi, masalan, uni zarracha tezlatgichlari va boshqa ilg'or ilmiy asbob-uskunalarda ham uchratish mumkin. Metallning past haroratlarda o'ta o'tkazuvchanligi olimlarning ko'proq e'tiborini tortdi”, — deya qo'shimcha qildi olimlar.

Niobabotit Bayan Obo konida topilgan 17 yangi ruda turidir. Bu mintaqada topilgan 150 ta yangi materiallar qatoriga kiradi, deb xabar beradi korrespondent.net.