Noma'lum shaxs Ruminiya parlamentiga o't qo'ydi, 300 kishi evakuatsiya qilindi

    Ruminiya parlamenti zallaridan birida noma'lum erkak shishadagi benzinni quyib chiqdi va uni yoqib yubordi.

    Bu haqda Agerpres agentligi ma'lum qildi.

    Qayd etilishicha, yong'in oqibatida kantselyariya buyumlari va kiyim-kechak yonib ketdi, biroq hech kim jabrlanmadi. Signal chalinganidan so'ng darhol o't o'chiruvchilar yetib keldi va binodan 300 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi, deyiladi xabarda.

    Poytaxt favqulodda vaziyatlar inspeksiyasi vakili Shtefan Eduardning so'zlariga ko'ra, yong'in tashrif buyuruvchilar uchun mo'ljallangan Konstantin Brankush zalida kelib chiqqan va taxminan 30 kvadrat metr maydonni qamrab oldi. Yong'in o'chirildi, ammo tutun saqlanib qolmoqda.

    Politsiya o't qo'ygan shaxsni qidirmoqda, unga 2 yildan 7 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin, deb xabar beradi report.az.