Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga YAIDXP (my.gov.uz) va Davlat xizmatlari markazlari orqali nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga kiritish hamda ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu roʻyxatlarga kiritilgan yoki kiritilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti ushbu sohada vakolatli organ hisoblanadi.
Reglamentga koʻra, Nomoddiy madaniy meros namunalarini:
— milliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ilmiy-metodik kengash tomonidan;
— mahalliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi ekspertlar guruhi tomonidan koʻrib chiqiladi.
— Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy roʻyxatlariga kiritish yoki ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu roʻyxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnoma beriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlov undirilmaydi.









