Aksariyat insonlar uyqudan turgach, ishtahasi yoʻqligini roʻkach qilib, nonushtadan voz kechadi. Ayniqsa, davlat xizmatchilari. Tabiiyki, ularning koʻpchiligi nonushta qilishga ulgura olmaydi. Ishga kech qolmaslik maqsadida apil-tapil ishxonaga yeib kelgach esa, och qoringa qaynoqqina kofe ichishga odatlanib qolishgan.

Och qoringa kofe ichish qondagi glyukozalar darajasiga kuchli taʼsir qilishini inobatga olsak, bu odat ham yaxshi emas ekan. Nima boʻlgan taqdirda ham nonushta qilishga ulgurish kerak. Chunki nonushtadan voz kechish yurak-qon tomir kasalliklari bilan bogʻliq oʻlim xavfini 87%ga oshirar ekan. Nonushta qilgan odamlar kun davomida ikki barobar koʻp kaloriya sarflashga qodir boʻlishi ham nonushtaning oʻrniga izoh qoldirmasa kerak...