U elektromobil bilan elektr velosipedning original gibrididir. Uni seriyali ishlab chiqarish jarayonida SAF va R3 qo'shimcha texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilgan. Bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Elektromobil Stratasys F770-printerida chop etilgan polimer qismlardan yasalgan korpusga va quvur shaklidagi alyuminiy romga asoslangan to'rtta g'ildirakka ega.
UILA o'lchami 2,3 x 0,9 x 1,7 metr, og'irligi esa bor-yo'g'i 70 kilogrammni tashkil qiladi. Elektromobil bir haydovchi va bir yo'lovchiga mo'ljallangan. Uni haydash uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilinmaydi va hatto velosiped yo'llari bo'ylab harakatlana oladi. Elektromobilning maksimal tezligi soatiga – 25 kilometr.
Bir marta to'liq quvvatlangan elektromobil 60-70 kilometr masofani bosib o'ta oladi. 20 dyuymli to'rtta g'ildirakning har birida gidravlik diskli tormozlar mavjud.
nFrontier kompaniyasi elektromobilni 2024-yilda ommaviy ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqchi. Taxminiy narxi – 10 000 yevro.