Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, Boyovut tumani va Shirin shahar boʻlim inspektorlari hamda viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri oʻtkazildi.
Reyd davomida fuqarolar S.A. va B. D. Boyovut tumani, Navbahor SIU (suv isteʼmolchilari uyushmasi) hududidan oqib oʻtuvchi janubiy Mirzachoʻl kanalida noqonuniy ravishda taqiqlangan ov quroli, yaʼni elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganida qoʻlga olindi.
Huquqbuzarlar jami 5 turdagi 53 dona, shundan 17 dona sazan, 30 dona karas, 4 dona jerx, 1 dona oq amur va 1 dona ilonbosh baliqlari ovlaganligi maʼlum boʻldi. Ushbu noqonuniy ov natijasida hayvonot dunyosiga 60 million 520 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar tegishli tartibda chora koʻrish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.