Ijtimoiy tarmoqlarda "Kadastr muhandisi 10 400 AQSH dollari bilan ushlandi", degan mazmundagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Kadastr agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Unda yozilishicha, joriy yil 21-oktyabr kuni fuqaro SH.Y Toshkent viloyat IIBB boshlig'i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o'z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo'l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29 ming AQSH dollariga sotishligini so'raydi. Ushbu yer maydonini Yangiyo'l tuman kadastr bo'limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2 400 AQSH dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSH dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10 ming AQSH dollari talab qilishayotganini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.
Arizaga asosan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilyotgan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo'yilib, 10 400 AQSH dollari olganiga urg'u berilmoqda, deyiladi xabarda.