Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limida fuqaro S.Bozorova, o'g'li A.Uzoqov va ularning sheriklariga nisbatan tadbirkorlik niqobi ostida ta'lim xizmatlari ko'rsatish uchun litsenziya olmasdan, noqonuniy ravishda faoliyat yuritishgan.

Ular Samarqand shahri «Hunarmandlar» MFY Bedil ko'chasi 17-uyda «Temurbek o'g'lonlari QKTM (Qurolli kuchlar ta'lim muassasasi) maktabi» nodavlat ta'lim muassasasini tashkil qilgan va ko'plab fuqarolardan pul mablag'larini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi mavjud bo'lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB mazkur shaxslardan jabrlanganlar bo'lsa, Samarqand shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limiga murojaat qilishlarini so'raydi.