Koʻp xonadonli uylar atrofi obodonlashtirilib, uyning fasad, podyezd qismlari taʼmirlanmoqda, podvallarida muhandislik-kommunikatsiya ishlari olib borilmoqda. Uy atrofidagi toʻsiqlar, noqonuniy qurilmalar buzib tashlanib, tozalangan hududlarda koʻkalamzorlashtirish va bolalar maydonchalari qurish ishlari rejalashtirilgan.

Ushbu olib borilayotgan say-harakatlar xalqimizning farovon turmush kechirishi uchun xizmat qiladi.