Maʼlum qilinishicha, Navoiy viloyati Konimex tumanida oʻtkazilgan tadbir davomida Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan shaxsga tegishli “Oniks” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilgan.
Tekshiruv jarayonida avtomashina yukxonasidan 5,6 mm kalibrli, otish uchun yaroqli boʻlgan 500 dona patron aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur shaxsning yashash xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan 5,6 mm kalibrli 600 dona patron ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq surishtiruv ishlari olib borilmoqda.