Norin tumani hokimi mahalla hududiga oʻrnatilgan konteyner uyga koʻchib oʻtdi

    Dolzarb 19 Sentabr 2025 741

    Norin tumanidagi “Shoʻrariq” mahallasini "Yangi Namangan" mahallasiga aylantirish jarayoniga kirishildi.

    Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Xabarda aytilishicha, Prezidentning shu yil 16-17-sentyabr kunlari viloyatga tashrifi tom maʼnoda Namanganda 2-uygʻonish davrini boshlab berdi.

    Dastlab mahalla ahli, nuroniylar bilan uchrashuvda davlat rahbari tashabbusi bilan mahalla qiyofasini tubdan oʻzgartirish, boʻsh turgan eski binolar oʻrnida sanoat zonasi tashkil etish, infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha rejalashtirilgan ishlar haqida axborot berildi.

    Shuningdek, “Yangi Namangan” va uning atrofidagi 6 ta mahallani jadal rivojlantirish boʻyicha master reja ishlab chiqish yuzasidan mutaxassislar, aholi vakillarining takliflari tinglandi.

    Shu yerda barcha ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat shtabi tashkil etildi va faoliyati izchil yoʻlga qoʻyildi.

    Norin tumani hokimi shu mahalla hududiga oʻrnatilgan konteyner uyga koʻchib oʻtdi va bu bilan islohotlarni tezlatish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish, mahallani obod maskanga aylantirish imkoniyati yaratildi.

    Nuroniylar Prezidentimiz tashrifidan keyin boshlangan ishlar uchun minnatdorlik bildirib, ezgu saʼy-harakatlarga “oq fotiha” berdilar.