Ijtimoiy himoya milliy agentligining maʼlum qilishicha, hodisa yuz bergan vaqtda avtomashinada 6 nafar bola boʻlgan.

Afsuski, YTH oqibatida 2015-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi Sh.X. olgan ogʻir tan jarohatlari tufayli vafot etdi. Avtomashinada boʻlgan qolgan 5 nafar bolaga Norin tuman tibbiyot birlashmasida zarur birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Shifokorlarning maʼlum qilishicha, hozirda ularning holati qoniqarli deb baholanmoqda.

Hozirgi vaqtda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.