Joriy yilning 12-iyun kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Norin tumani yoshlari bilan uchrashuvi chogʻida Norin tumani Xalq taʼlimi boʻlimi mudirasi tomonidan “Raqamli texnologiyalar” oʻquv markazini tashkil etish taklifi bildirilgan edi.

Bugun Innovatsion rivojlanish vazirligining masʼul hodimlari, sektor raxbarlari Norin tuman Xalq taʼlimi boʻlimiga qiymati 55 mln. soʻm boʻlgan zamonaviy kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

Norin tumani Xalq taʼlimi boʻlimi qoshidagi Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi oʻquvchi yoshlarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bilim berish bilan birga, umumtaʼlim maktablari informatika oʻqituvchilarning malakasini oshirish va uslubiy koʻmak berish vazifasini ham oʻtaydi.