Mazkur ijro hujjati Byuroning Norin tuman boʻlimi ish yurituviga olingan. Aliment mablagʻini oʻz vaqtida toʻlamay kelgan qarzdor yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan tegishli tashkilotlarga yashash manzili va undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulklar yuzasidan soʻrovnomalar yuboriladi. Olingan javob xatlariga koʻra qarzdorning yashash manzili aniqlanadi. Biroq, koʻzdan kechirish dalolatnomalariga koʻra undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulklar mavjudligi aniqlanmaydi. Qarzdorni yashash manzilidan topish imkoni boʻlmaganligi sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Byuroning tuman boʻlimi qidiruv boʻlimi xodimlari va davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tadbir mobaynida qarzdor ota topildi. Shu bilan bir qatorda undan shu kunga qadar farzandlari moddiy taʼminotidan boʻlgan salkam 20 mln soʻm aliment qarzdorligi undirib berildi.

Bobur Saydullayev,

MIB Norin tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari