Barcha sharoitlarga ega ushbu boks zalining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev hamda Norin tumani hokimi Dilmurod Qodirov ishtirok etdi.

Umumiy qiymati 1 mlrd. 200 mln. soʻmni tashkil etuvchi ushbu zalda ring va sportchilar uchun maxsus trenajyor xonasi qurib bitkazildi. Zarur sport inventarlari bilan jihozlandi. Mahoratli bokschilarni tayyorlashga moʻljallangan boks zalida 4 nafar murabbiy qoʻl ostida 200 nafarga yaqin norinlik yoshlar boksning sir-asrorlarini oʻrganishi kutilmoqda.