Adliya vazirligi ushbu holat boʻyicha quyidagilarni maʻlum qiladi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunda ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari regulation.gov.uz portalida jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirilishi nazarda tutilgan. Yaʻni, mazkur Qonunda barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilishi shartligi haqida talab mavjud emas.

— Qanday hujjatlar jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilmasligi qonunchilikda avvaldan belgilab qoʻyilgan. Prezidentining 2021-yil 15-martdagi qaroriga koʻra, quyidagi hollarda loyihalar jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilmaydi:

— favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha cheklovchi tadbirlarni belgilashga qaratilgan loyihalar

— yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni nazarda tutuvchi loyihalar;

— tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʻsir koʻrsatishni nazarda tutmaydigan loyihalar.

Aytish joiz, regulation.gov.uz portali loyihalarni jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazishning yagona manbai emas. Bundan tashqari loyiha ishlab chiquvchi tashkilotlarning rasmiy veb-sahifalari va jamoatchilik.uz portaliga ham loyihalar joylab borilishi lozim.

Masalan, 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi loyihasi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish uchun 2022-2026.strategy.uz veb-sayti, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz portallariga joylashtirilgan.

Shuningdek, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari fa oliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalar toʻgʻrisidagi maʻlumotlar ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga kiradi. Demak, tashkilotlarning oʻzlari ishlab chiqqan loyihalarni rasmiy veb-sahifalarida eʻlon qilib borish majburiyati qonun darajasida mustahkamlangan, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmat