Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi belgilandi

    Hujjatlar 28 Aprel 2025 733

    “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish“ boʻyicha Namunaviy uslubiyot Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami: 3620, 25.04.2025-y.).

    Mazkur uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish, unda foydalaniladigan tadqiqot usullari hamda ilmiy ekspertiza natijalari boʻyicha xulosani tuzish va rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.

    Ilmiy ekspertiza ilmiy ekspertizani oʻtkazuvchi tashkilotning malakali xodimlari tomonidan oʻtkaziladi.

    Ilmiy ekspertiza quyidagi tadqiqot usullaridan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin:

    • — qiyosiy-huquqiy tahlil;
    • — lingvistik tahlil;
    • — tarixiy tahlil;
    • — modellashtirish va vaziyatli tahlil;
    • — intervyu olish;
    • — “aqliy hujum”;
    • — davra suhbati;
    • — soʻrovnoma oʻtkazish.

    Ilmiy ekspertiza natijalariga koʻra ekspert tomonidan quyidagi xulosalardan biri beriladi:

    • — loyiha ilmiy asoslangan;
    • — loyiha yetarli darajada ilmiy asoslanmagan;
    • — loyiha ilmiy asoslanmagan.