Pingvin qadimdan Norvegiya gvardiyasining timsoli hisoblanadi. Ushbu turning birinchi vakili hayvonot bog'iga bundan 110 yil oldin Edvard Salvesen ismli norvegiyalik tomonidan taqdim etilgan.

O'shandan buyon Edinburg paradida qatnashishdan oldin hayvonot bog'iga tashrif buyurish mamlakat posbonlari o'rtasida an'anaga aylangan.

1972-yilda parad ishtirokchilari ramziy ma'noda pingvinni “o'g'il qilib olishdi” va uni “farzand sifatida asrab olish” tashabbuskori Nils Egelen va o'sha paytda Norvegiya qiroli bo'lgan Olaf V sharafiga Nils Olaf deb nomlashdi. Pingvinning avlodlariga uning unvonlari doimo meros bo'lib o'tib kelaveradi.

2005-yilda pingvin bosh qo'mondon unvoniga sazovor bo'ldi. U namunali xulqi va uzoq muddatli xizmati uchun bir necha bor medallar bilan taqdirlangan.

Nils Olaf III 2008-yilda ritsar unvoniga sazovor bo'lgan. U yuqori armiya unvonini olgan birinchi pingvin bo'ldi. Ushbu voqea sharafiga hayvonot bog'ida pingvinning bronza haykali o'rnatildi. 2016-yilda Nils Olaf brigada generali lavozimiga ko'tarildi.

Penguins Rock xayriya tashkilotining maxsus marosimda pingvinga yana bir unvon berildi, deb xabar beradi tengrinews.kz.