баннер
2 Mar 2025
12:17

    Norvegiyada rossiyalik dengizchilar suv osti kabeliga zarar yetkazganlikda ayblanmoqda

    Norvegiyada bortida rossiyalik ekipaj bo'lgan kema Boltiq dengizida Latviya va Shvetsiya o'rtasidagi kabelga shikast yetkazganlikda gumon qilinib, qo'lga olindi, deb xabar berdi mahalliy politsiya.

    “Latviya rasmiylarining so'rovi asosida Tromsyo politsiya departamenti Norvegiyada ro'yxatdan o'tgan va Norvegiyaga tegishli Silver Dania kemasini qo'lga oldi. Bortdagi barcha ekipaj rossiyaliklardir. Kemada Latviya va Shvetsiya o'rtasidagi Boltiq dengizidagi optik tolali kabelga jiddiy zarar yetkazilishida aloqadorlikda gumon qilinmoqda”, deyiladi departament xabarida.

    Latviya davlat radiotelevizion markazi o'tgan hafta kabelga shikast yetganini xabar qildi. Ertasi kuni Shvetsiyada hodisaga aloqadorlikda gumon qilinib, kema qo'lga olindi va tergov boshlandi.

    Politsiyaning aniqlik kiritishicha, Silver Dania ekipaji Norvegiya hukumati bilan hamkorlik qilmoqda, bortda so'roq va qidiruv ishlari olib borilmoqda. O'z navbatida, kema egasi Turmud Fossmark AFPga kabelning shikastlanishida aybdor emasligini va “hech qanday xato qilmaganini” aytdi, deb xabar beradi ria.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech