Natijalar shuni ko'rsatdiki, 40 yoshda ovqatlanish ratsionini o'zgartirish ayollarga sakkiz yilu yetti oy ko'proq umr ko'rish imkonini beradi, ya'ni ular 77 yosh o'rniga 86 yoshgacha umr ko'rishlari mumkin. 40 yoshli erkaklar uchun sog'lom ovqatlanishga o'tish umrni to'qqiz yilga, ya'ni 74 yoshdan deyarli 83 yoshgacha uzaytiradi.
Buning uchun shakarli ichimliklar va qayta ishlangan go'sht iste'molini kamaytirish va ko'proq yong'oq va don mahsulotlari yeyish tavsiya etiladi, deb xabar beradi mir24.tv.
Olimlarning ta'kidlashicha, to'g'ri ovqatlanishga o'tish uchun hech qachon kech emas.