Murojaatlar notarius xodimlari tomonidan "Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qabul qilinadi va navbatma-navbat qayd etish elektron roʻyxatiga qayd qilinadi.

Davlat notarial idoralarining ish kunlari va vaqti Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan belgilanadi. Bunda shanba va yakshanba  kunlarida ham notarial harakatlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi, tuman (shahar) doirasida faqat bitta notarius faoliyat yuritadigan hollar bundan mustasno.

Xususiy notariuslar ish kunlari va vaqtini oʻzlari mustaqil belgilaydilar, mazkur maʼlumotlar majburiy tartibda “Notarius” tizimiga kiritiladi.

21-bob “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali murojaat qilish” kiritilmoqda. Unda:

  • murojaatlar mexanizmi;
  • navbatga yozilish tartibi;
  • notarial harakat rasmiylashtirilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni oldindan joʻnatish, hujjatlar loyihalari soʻrovi;
  • murojaatlarni koʻrib chiqishni rad etish hollari nazarda tutilgan.

Avtomatlashtirilgan tizim orqali murojaat qiluvchilar hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlashlari kerak.

Buyruq bilan boshqa oʻzgartirishlar ham nazarda tutilgan.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 21.10.2020-yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.