Tezligi meʼyoridan oshirgan holda boshqarib kelinayotgan “Lasetti” qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib harakatlangan vaqtida qarshisidan kelayotgan “Kobalt” rusumli avtomobil bilan toʻqnash sodir etgan.

Aniqlanishicha, “Lasetti” haydovchisi oʻzidan oldinda boʻlgan transport vositasini quvib oʻtish maqsadida qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqan va shu payti qarshisidan kelayotgan “Kobalt” rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.

Natijada, “Lasetti” avtomashinasining 33 yoshli haydovchisi va “Kobalt”ning 30 yoshli yoʻlovchisi ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, “Kobalt” avtomashinasining yana bir 31 yoshli yoʻlovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar oʻlimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.