Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan taqdimot qatnashchilariga Oʻzbekistonda millatlararo totuvlikni taʼminlash boʻyicha ishlar, oʻzbek xalqining madaniyati, milliy anʼana va qadriyatlari hamda mamlakatimizning sayyohlik salohiyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Oʻzbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarida turistlar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar taʼkidlandi.
Festival davomida, shuningdek, oʻzbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari va milliy liboslari koʻrgazmasi tashkil etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.