3–5-noyabr kunlari ayrim hududlarda yomgʻir yogʻadi, togʻ oldi va togʻli hududlarda esa yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

4–7-noyabrda havo harorati asta-sekin pasayib, kechasi 0–3 daraja iliq (ayrim joylarda sovuqqacha), kunduzi 8–13 daraja iliq atrofida boʻladi.

Oyning keyingi qismida harorat keskin oʻzgarib turadi: kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliqdan 5–10 daraja iliqqacha, kunduzi esa 8–13 daraja iliqdan 18–23 daraja iliqqacha boʻlishi kutilmoqda.

Meteorologlar maʼlumotlariga koʻra, noyabr oyining oʻrtacha harorati meʼyordan 1–1,5 daraja past boʻladi, ayrim hududlarda esa meʼyorga yaqin boʻlishi mumkin.

Oyning ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida qisqa muddatli yogʻingarchilik — asosan yomgʻir koʻrinishida boʻlishi ehtimol qilinmoqda.