N.T.Tursunovni Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 15-bandi va 124-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining qaroriga muvofiq Normat Tulkunovich Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin.

    O‘zbekiston Respublikasi

    Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

    Toshkent shahri,

    2024-yil 5-noyabr