Nukus shahrida
aholiga sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish,
harakat tarkibini yangilash, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish
maqsadida «FAYZ AVANGARD» MChJ tomonidan 32 dona avtobus olib kelinmoqda.
Aytib o‘tish
joizki, hurmatli Prezidentimizning jamoat transporti xizmatini rivojlantirish
borasida qabul qilingan qarorlari bilan "Brutto-shartnomasi," ya'ni, «bosib o‘tilgan yo‘l» va «sifat» mezoni asosida yo‘lovchi tashish xizmatini
tashkil etish belgilangan. Shu asosda, bu avtobuslar Nukus shahri ichidagi
yo‘nalishlarga brutto-shartnoma bilan joylashtiriladi.
Minajatdin QUTLЫMURATOV,
«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.