Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduxakimov, Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev, shuningdek, ekologiya va turizm sohalarining hududiy rasmiy vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirok etdi.
33 oʻrinli mazkur mehmonxona “AYIM TOUR” korxonasi tomonidan tashkil etilgan boʻlib, barcha zamonaviy qulayliklarga ega, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.