Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining axborot xizmati maʼlum qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi I.Sdikov, Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Sh.Dauletyarov, Transport vaziri P. Kaipbekov yangi avtobuslardagi qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.
Nukus shahrida jami 15 ta avtobus yoʻnalishlari tashkil etilib, bu yoʻnalishlarga 188 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan. Bugungi foydalanishga topshirilgan yangi avtobuslar bu boradagi yangi yoʻnalishlarning birinchisi hisoblanadi.