2022-yilning 1-2-iyul kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 159-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan sudning 2023-yil 31-yanvar kuni chiqarilgan hukmi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot xizmati tomonidan yoritildi.
Shuningdek, 18 va 21 nafar shaxsga (barchasiga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan) nisbatan Jinoyat Kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) va boshqa tegishli moddalari boʻlgan 2 ta jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 2023-yil 17-yanvar kuni mazmunan koʻrish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudiga yuborildi.
Hozirda mazkur jinoyat ishlari sud tomonidan mazmunan koʻrib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari tergovi doirasida 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Hozirda jinoyat ishlari boʻyicha tergov harakatlari davom etmoqda. Tergov natijasi boʻyicha jinoyat ishlarining sudga yuborilishi taʼminlanadi.