Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar:
Dauletmurat Tajimuratov (1979-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Yel xыzmetinde” advokatlik byurosi advokati, ilgari “Yel xыzmetinde” gazetasi bosh muharriri boʻlib ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi (ishtirokchilikda qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi, 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;
Lolagul Kallыxanova (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Makan” internet-nashri maʼmuri) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;
Azamat Turdanov (1984-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;
Axmet Smetullayev (1993-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Chimboy tumanidagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabi murabbiysi) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;
Daoʻletmurat Djiyemuratov (1984-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Qoraoʻzak Sahib” MCHJ direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida;
Baxtiyar Kadirbergenov (1986-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ayama” veb-sayti maʼmuri, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida;
Bayram Seytniyazov (1967-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;
Allabay Toqimbetov (1973-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, norasmiy tarzda imomlik bilan shugʻullangan) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Qaharman Seytimov (1972-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, tadbirkor) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Azamat Nuratdinov (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Moʻynoq tumanidagi 9-maktab oʻqituvchisi, bloger) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;
Seydabulla Medetov (1989-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, “Keleshek ushun” fermer xoʻjaligi rahbari) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “g” bandlarida;
Nurlan Nayыpov (1968-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qozoq, nafaqaxoʻr) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida;
Polat Shamshetov (1977-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boʻlimi boshligʻi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Razbek Bekmuratov (1992-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat universiteti oʻqituvchisi) Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 247-moddasi (oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) 3-qismi “a” bandida;
Sultanbek Kaipov (1992-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a” bandida;
Berdax Genjebayev (1996-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi, 244-moddasi 3-qismi va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandida;
Salamat Kalilayev (1976-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, ishsiz) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Polat Nurniyazov (1986-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Sada-Mars” MCHJ ombor mudiri) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Saiыpnazar Kalimov (1980-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, YATMF bilan shugʻullanadi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Nurlan Sultamuratov (1998-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, yollanma ishchi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Arыslan Temirxanov (1986-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Ustyurt geofizika” korxonasi qoʻriqchisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida;
Amirbek Adilbekov (1993-yilda tugʻilgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, sugʻurta kompaniyasi mutaxassisi) Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamogʻi” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qoʻllanilgan.