Oʻzbekiston tomonidan bitimni investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʻrinbosari Sh.Vafayev va BAA tomonidan moliya vazirining oʻrinbosari Yunis Hoji Al-Xuriy imzoladi.

Loyihaning umumiy qiymati 27 million dollarni tashkil etadi va moliyalashtirishi toʻliq Xalifa bin Bin Zoid Ol Naxayon jamgʻarmasining grant mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

100 bemorga moʻljallangan hamda dizayn va texnik jihozlari boʻyicha hududda yagona boʻlgan yangi shifoxonada tugʻruqoldi va tugʻruq boʻlimlari, onalar va yangi tugʻilgan chaqaloqlar uchun palatalar, onalar va bolalar intensiv terapiyasi boʻlimlari, jarrohlik boʻlimi, shifoxona, ambulatoriya va maslahat diagnostika boʻlimlari hamda laboratoriyalarga ega boʻladi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

Hozirgi vaqtda obyektda qurilish ishlari boshlangan. 2022-yil yakuniga qadar uning toʻliq qurib bitkazilishi kutilmoqda. Eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi tibbiyot maskani Orolboʻyi mintaqasi aholisiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini sezilarli darajada yaxshilashga imkon beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va xususiy tashkilotlari hamda investitsiya jamgʻarmalari bilan ikki tomonlama hamkorlikni diversifikatsiya qilish va chuqurlashtirishni davom ettiradi.