Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi xonadon kalitlarini topshirish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari Jengisbay Yembergenov, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Farhodjon Shermatov, Nukus garnizoni harbiy prokuraturasi rahbariyati, harbiy xizmatchilar oilalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun oxirgi 3 yilda birgina Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugida 300 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar uchun imtiyozli ipoteka krediti asosida 8 ta uy qurilgan.