Ushbu uyali aloqa vositasiga belgilangan kafolat muddati ichida nuqson kuzatilgan. Iste'molchi sotuvchiga uchrashib, uyali aloqa vositasidagi nosozlik, ya'ni suhbat chog'ida bexosdan o'chib qolayotganidan shikoyat qiladi.
Sotuvchi vakillari esa iste'molchiga bu masalada Samsung servisiga uchrashishini tushuntiradi. Biroq servis kompaniyasi mutaxassislari negadir ushbu uyali aloqa vositasi Qirg'izistonda ishlab chiqarilganini aytib, kafolat muddati ichida bepul ta'mirlash ishlarini amalga oshira olmasligini bildiradi.
Iste'molchi yana kredit savdo do'koniga kelgan va servis kompaniyasi mutaxassislarining telefon masalasidagi fikrlarini etkazgan. Lekin sotuvchi tomoni iste'molchiga bu masalada yordam bera olmasligini ma'lum qilgan.
Shundan so'ng fuqaro O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga murojaat qilishga majbur bo'ladi.
Mazkur murojaat o'rganilishi natijasida oyma-oy to'lab borilgan jami 3 million 204 ming so'm mablag' iste'molchiga qaytarildi.