AKT vaziri Sherzod Shermatov mazkur hududda boʻlib, yangi oʻquv yili yaqinligi bois, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon shahridagi filiali qurilish jarayonlarini jadallashtirish borasida masʼullarga bir qator topshiriqlarni berdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, mazkur majmuada bir qator zamonaviy oʻquv binolari, 630 oʻrinli talabalar yotoqxonasi, oʻquv laboratoriyasi, sport inshooti kabi qator loyihalar asosida yirik majmua qad rostlaydi.