Prezidentimizning 2021 yil 24 iyuldagi “Davlat xizmatlari ko'rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoniga  ko'ra, sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlaridagi Davlat xizmatlari markazlari binolarida zarur texnik jihozlar bilan ta'minlangan “Salomatlik burchaklari”ni tashkil qilinishi belgilab berilgan edi.

Ana shu farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazida “Salomatlik burchagi” tashkil etildi. Bu yerga o'rnatilgan zamonaviy tibbiy uskuna yordamida fuqarolar navbati kelgunicha o'z salomatligini ko'rikdan o'tkazishi mumkin. Mazkur jihozga chiqib, kerakli tugmani bossangiz sanoqli daqiqalarda vazningiz, tanangizdagi yog', suv, muskullar, qon bosimingiz haqida bilib olasiz. Shu bilan birga, sizning tanangizga foiz darajada talab etiladigan ma'lumotlar aks etgan chekni bir zumda taqdim etadi. 

Sog'lom turmush tarziga qat'iy rioya qilish talab etilayotgan bugungi kunda markazga tashrif buyuruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida o'z salomatliklari haqida ham tegishli ma'lumota ega bo'lmoqda.

Ayni kungacha yuzlab nurafshonliklar o'z sog'ligini ko'rikdan o'tkazdi.

Erkin Doripov,

DXA Toshkent viloyati boshqarmasi

matbuot xizmati rahbari