Onlayn uchrashuvda Nurafshon shahar hokimi M.Saliyev, Toshkent viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi A.Abidov, Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi maslahatchisi A.Abdusalomov, shuningdek Janubiy Koreya tomonidan Kim Ik Xve — Koreya Respublikasining Davlat ishlarini Muvofiqlashtirish Idorasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yerni rivojlantirish va boshqarish milliy tadqiqot instituti (KRIHS) boshligʻi, Jang Bongbaye – (Jungdo UIT) kompaniyasi direktori ishtirok etishdi.
Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida shaharining koʻp qirrali maʼlumotlarini (atrof – muhit, yoʻl harakati, jinoyatchilik va h.k) yigʻish hamda ularning real vaqtda kerakli tashkilotlar bilan ulashish va tahlil qilish orqali shaharni samarali va barqaror boshqarish imkoniyatini beradi. Ushbu Loyiha Nurafshon shahriga Oʻzbekistonda Aqlli shaharlar umummilliy ekspansiyasining yetakchi modeliga va asta-sekin Markaziy Osiyoda aqlli shaharning eng innovatsion shaklini targʻib qiluvchisiga aylanish imkonini beradi.
Loyiha aqlli transport, aqlli kommunikatsiya tarmoqlari, xavfsiz shahar kabi bir qator yoʻnalishlarni qamrab olishi koʻzda tutilgan.