Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 210 o‘rinli yangi o‘quv binosi qurib bitkazildi hamda pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
 
Joriy o‘quv yilida maktabda 480 nafardan ortiq o‘quvchi ta’lim olayotgan bo‘lib, yangi bino foydalanishga topshirilganidan so‘ng maktab o‘quvchilari to‘liq bir navbatdagi o‘quv jarayoniga o‘tkaziladi. 

Ta’lim muassasasida olib borilgan o‘rganishlar davomida yaratib berilgan mazkur imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish bo‘yicha maktab rahbariyati va o‘qituvchilarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilda barcha tegishli dasturlar doirasida viloyatdagi 91 ta maktabda 248,1 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Hozirgi qadar:
  
•  22 ta maktabda mukammal ta’mirlash;
•  64 ta maktabda rekonstruksiya;
•  5 ta yangi maktab qurilishi ishlari olib borildi.

Buning natijasida hududda 14 286 ta qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratilib, 2 koeffisiyentdan yuqori maktablar soni  49 tadan 31 taga kamaydi.