Maʼlumot Toshkent viloyati IIBB Qoʻriqlash boshqarmasi navbatchilik qismiga yetkazilib, zudlik bilan tungi xizmatga biriktirilgan tezkor guruh yoʻnaltirilgan.

Xodimlar 4 daqiqa ichida Nurafshon shahar “Oppoq” MFY, Toshkent yoʻli koʻchasidagi hodisa joyiga yetib borishgan. Tekshiruv davomida bankomat ichida boʻlgan nomaʼlum shaxs ushlangan.

Aniqlanishicha, u bankomat eshigini buzib ochish orqali ichidagi pul mablagʻlarini oʻgʻirlashga uringan. Uning yonidan bolgʻa, otvertka va boshqa xoʻjalik anjomlari dalil sifatida olingan.

Koʻrilgan choralar natijasida Oʻrtachirchiq tumanida yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan fuqaro (Y.A.) voqea joyida issiq izidan qoʻlga olindi.

Holat yuzasidan hududiy ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.