Xususan, zamonaviy maktablar, bogʻchalar, mahalla fuqarolar yigʻinlari idoralari, poliklinikalar shular jumlasiga kiritilgan.

Nurafshon shahrida Prezident maktabi barpo etiladi. Taʼlim maskani zamonaviy meʼmorchilik asosida qurilib, barcha qulayliklarpga ega boʻladi.

Buning uchun davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 40 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Prezident maktabida oʻqitish jarayoni tabiiy fanlar, texnologiyalar, texnik ijodkorlik, canʼat, matematika sohalarini chuqur ixtisoslashgan holda oʻqitishga asoslangan. Mashgʻulotlar xalqaro “STEAM – taʼlim” dasturi asosida olib boriladi.

Taʼkidlash joizki, maktabda iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berishga alohida eʼtibor qaratiladi.