Töğrisi, ayni manzil ança yillar eʼtibordan çetda qoldi. Bu yerda pastqam imoratlar, tartibsiz qurilgan bozor va savdo dökonlari, tor köçalar köp edi, Töytepa (Hozirgi Nurafşon) degan şahar borligini hamma ham bilmasdi. Bugun uşbu kentga nafaqat mamlakatimiz hududlaridan yurtdoşlarimiz, balki köplab çet davlatlardan mehmonlar kelib-ketmoqda.

Nurafşonga safarimiz butunlay yangidan barpo etilgan “Toşkent yöli” köçasidan boşlandi. Bu yerda yaqinda işga tuşirilgan zamonaviy yer osti yöli orqali köçaning u tomoniga ötib oldik. Uşbu yölning ön yil oldingi holatini bilardim, bugun uni tanib bölmaydi. Köçaning ikki tomonidagi baland-baland, zamonaviy va çiroyli imoratlar eʼtiborni tortadi.

Telefonlaşganimizdek, şu hududda Nurafşon şahar hokimining Axborot xizmat rahbari Baxtiyor Qurbonov bilan uçraşdik. Uning hamrohligida şahar hokimligiga kirib masʼullardan maʼlumotlar oldik. Bilamizki, 2017-yil 25-avgust kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ön birinçi yalpi majlisida Senatorlar Toşkent viloyati Töytepa şahri nomini özgartiriş töğrisidagi masalani körib çiqqan va Töytepa şahri nomini Nurafşon şahri, deb özgartiriş böyiça qaror qabul qilingan.

Şu ötgan qariyb ön yil mobaynida bu yerda davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmon va qarorlari ijrosi doirasida juda katta bunyodkorlik işlari, keng kölamli islohotlar amalga oşirildi. Jumladan, taʼlim va tibbiyot muassasalari, korxona va taşkilotlar uçun yangi bino va inşootlar, “Yangi Özbekiston” boği, “Vatanparvar boği”, Zulfiya Zokirova yodgorlik majmuasi, zamonaviy sayr hiyobonlari, sunʼiy köl, amfiteatr, favvoralar, keng yaşil hududlar, velosiped va piyodalar yölaklari barpo etildi. Yuzga yaqin köp qavatli uy-joylar qad kötardi. “Yangi Özbekiston” massivi, yangi mahallalar taşkil etildi. “Yangiobod”– ulardan biri. Bu yerda qurilib foydalanişga topşirilgan köp qavatli uylarda yaşayotganlar orasida Bobur Xolmirzayev oilasi ham bor.

– Bu uylarda inson yaxşi yaşaşi uçun nima zarur bölsa, hammasi mujassam, – deydi B. Xolmirzayev. – Eng muhimi, yaşil hudud maydoni keng. Şundan bölsa kerak, havo toza. Farzandlarimiz uçun zamonaviy bolalar maydonçasi, biz, kattalar uçun esa sayr hududi taşkil etilgani, boğça va maktabning uyimizga yaqinligi bizga katta qulayliklar yaratmoqda. Mana şunday şart-şaroitlar yaratib bergan davlatimiz rahbariga oilamiz, qolaversa, qöni-qöşnilar nomidan minnatdorlik bildiraman.

Nurafşonni goh yayov, goh transportda kezar ekanmiz, bu yerda nafaqat tartib bilan qurilgan yangi aholi yaşaş massivlari, balki köplab davlat va nodavlat korxona-taşkilotlar, taʼlim muassasalari, işlab çiqariş va soğlomlaştiriş obyektlarining zamonaviy binolariga, savdo va xizmat körsatiş nuqtalariga közimiz tuşdi.

Şahardagi usti yopiq avtostoyankalar tomlariga quyoş batareyalari örnatilgani, ulardan olinayotgan elektr energiyaning bir qismi şu yerni özida örnatilgan qurilmalar orqali avtoulovlarni quvvatlaşga yönaltirilayotgani eʼtiborga molik. Nurafşonda bunday noanʼanaviy yondaşuvlar asosida hayotga tatbiq etilayotgan yuqori samaradorlikka ega loyihalar köp.

Şahar hokimligi maʼlumotiga köra, bu yerdagi infratuzilmani tubdan yangilaş işlariga xorijiy taşkilotlar ham jalb etilgan. Hozirgi kunda Xitoy, Turkiya, Janubiy koreyaliklar bilan birgalikda markazlaşgan issiqlik, muqobil energiya, içimlik va oqava suv tarmoqlari modernizatsiya qilinmoqda. Raqamli infratuzilma, şaharning kommunal, transport va xavfsizlik tizimlari yagona intellektual boşqaruv tizimiga ulanmoqda.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, Nurafşon mamlakatimizda amalga oşirilayotgan zamonaviy şaharsozlik siyosati va bunyodkorlik falsafasining yorqin timsolidir. Bu yondaşuvning markazida inson manfaatlari turadi. Nurafşon XXI asr talablariga mos, xavfsiz, qulay va yuksak hayot sifatini taʼminlaydigan zamonaviy şahar sifatida şakllanmoqda. U mamlakatimizda “Smart City” modeli asosida barpo etilayotgan ilk şahardir.

Xolmurod Salimov,

Yuz.uz muxbiri