Quvonarlisi, unda -66 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan Sardor Nurillayev oltin medal uchun kurashadigan boʻldi. U kechki dasturda oltin medal uchun tojikistonlik Nurali Emomaliga qarshi tatamiga chiqadi.

Shuningdek, Muhriddin Tilovov (-66 kg) va Doston Roʻziyev bronza medali uchun tatamiga chiqishadi. Eʼtiborli jihati, bronza uchun kechadigan bahslarda har ikki sportchimizning raqibi ham fransiyalik. Jumladan, Doston Romarik Bouda, Muhriddin esa Maksim Gobertga qarshi bahs olib boradi.

Afsuski, qizlarimiz va boshqa sportchilarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi.