Nuriston harbiy poligoni foydalanishga topshirildi

    Harbiy 9 Yanvar 2021 2527

    Ushbu poligonning ochilish marosimida viloyat hokimi, sektor rahbarlari, faxriylar, nuroniylar va yoshlar ishtirok etishdi.

    Nuriston dala o'quv harbiy poligoni 2019-yilda qurilish va ta'mirlash ishlari boshlangan edi. Aytib o'tish kerakki, poligonda avval palatkalardan iborat bo'lgan va bu erda bir oylik harbiy yig'inlarni o'tashgan.

    Yurtboshimizning tegishli qarori bilan ushbu poligonda harbiylar uchun juda katta shart-sharoitlar yaratildi.

    480 o'rinli va yana 48 o'rinli yotoqxonalar, oshxona binosi, barcha qulayliklarga ega o'quv binolari, o'quv taktik mashg'ulotlarini kuzatish uchun kuzatuv minoralari barpo qilindi. Poligonda barcha zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar o'rnatildi.

    Ushbu qurilish va ta'mirlash ishlari 25 mrld so'm mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan shakllantirildi.