Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuritiladi hamda uning milliy referens laboratoriyasi tarkibidagi radiologiya laboratoriyasi bazasida tashkil qilinadi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli Nizom tasdiqlandi:

– amaldagi sanitariya normalari va qoidalari, gigiyena normativlariga muvofiq nazorat qilinadigan barcha nurlanish manbalarida individual nurlanish dozasini nazorat qilish hamda hisobga olish;

– nurlanish olishning individual dozalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻnlash tartibini belgilash, maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda ularni tahlil qilish;

– tahlillar natijasi boʻyicha nurlanish olishning aholiga taʼsirini baholash va uning taʼsir qilish darajasini kamaytirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish.

Vazirliklar va idoralarga faoliyati davomida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi tashkilotlarda 2021-yil yakuniga qadar nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish tizimini tashkil etish  topshirildi.

Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish boʻyicha maʼlumot Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga berib boriladi.