Bu videoni tarqatayotganlar buni vaksinadan keyingi holat ekanini aytib, uni maxsus “chip” deyishmoqda. Bu haqiqatga mos kelmaydi! «Birinchidan, suyuq metal — faqatgina simob hisoblanadi. Temir moddasini suyultirilgan holda organizmga kiritish mumkin emas. Chunki juda yuqori haroratdagina temir moddasi suyuq holatga keladi.

Qolaversa, temir moddasini organizmga yuborish uchun igna uchi judayam yoʻgʻon boʻlishi kerak. Ushbu videodagi holatni vaksina bilan bogʻlash mutlaqo notoʻgʻri! Bundan holatlarga ortiqcha eʼtibor qaratmasligingizni soʻraymiz», — dedi Otabekov.