Nurota tuman hokimligida tumandagi 28 ta MFYlarga tuman Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi raisi, tuman hokimi U.Xalilov hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyat boʻlimi rahbari A.Muqimov tomonidan uch mingdan ziyod mamlakatimizning yetakchi nashriyotlari tomonidan chop etilgan badiiy, siyosiy, bolalar adabiyotlari, ilmiy nashrlar, milliy va jahon adabiyotini oʻzida jamlagan har bir MFYga 130 dan ziyod kitoblar va 1 tadan kitob javonlari topshirildi.

Shuningdek, Nurota tuman markazidagi Nuroniylar maskani kutubxonasiga ham 300 dona kitoblar sovgʻa qilindi.

Ushbu kitoblar Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyat boʻlimi tomonidan taqdim qilinmoqda.