U ruchka formatida ishlab chiqarilgan, ammo u qo'lda yozilgan matnni bir zumda raqamlashtirib beradi. Mazkur qurilmaning muqobillaridan farqi shundaki, unda faqat maxsus qog'ozga emas, balki oddiy qog'ozning o'ziga ham yozish mumkin.

Ruchka xuddi shu nomdagi golland startapi tomonidan ishlab chiqilgan. U 150 millimetr uzunlikdagi alyuminiy korpusda ishlab chiqariladi va almashtiriladigan D1 formatidagi siyoh kartrijiga ega. Ruchka Arm Cortex M4 chipi bilan quvvatlanadi va matnni tanib olish va uning raqamli versiyasini Bluetooth LE protokoli orqali mobil ilovaga uzatish uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturdan foydalaniladi.

Ruchkaning o'zida 2 gigabayt o'rnatilgan xotira mavjud. Ishlab chiquvchilar gajetning kamida 100 ta ilova va platformalar bilan mos kelishini ta'minlashni rejalashtirmoqda. Ruchka 100 mA/soat akkumulyatorda ishlaydi. 15 daqiqa quvvatlantirilgach, 2 soat ishlaydi. Uning og'irligi bor-yo'g'i 28 gramm.

Hozirda ruchkani Kickstarterda atigi 197 dollarga oldindan buyurtma qilish mumkin, deyiladi techcult.ru saytida.