“Prezident yuz foiz jiddiy”, dedi nashr manbalaridan biri Trampning Grenlandiya va Panama kanaliga munosabatini baholab.
Ikkinchi suhbatdoshning so'zlariga ko'ra, saylangan prezident “o'smagan imperiyalar qulashni boshlaydi” deb hisoblaydi. Gazeta manbasining qo'shimcha qilishicha, Trampning o'zi ham qit'ada ekspansiyani amalga oshirgan va AQSh hududining kengayishiga hissa qo'shgan sobiq Amerika prezidentlarini “ma'qullaydi”.
Nashr ta'kidlaganidek, Grenlandiyaning AQShga ehtimoliy qo'shilishi mamlakat tarixidagi eng yirik xaridga aylanishi mumkin. Bu bitim XIX asrda Fransiyadan Luiziana va Rossiyadan Alyaskani sotib olishdan ko'ra ko'lamdor bo'ladi, deb xabar beradi ria.ru.