BMTning amaldagi Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ikkinchi va oxirgi vakolat muddati 31 dekabrda tugaydi, deb xabar berdi ria.ru.

“Tramp FIFA Prezidenti Janni Infantinoning BMTning keyingi Bosh kotibi bo‘lishini istaydi”, deb xabar berdi nashr.

Manbaning gazetaga aytishicha, Tramp Infantinoni butun dunyoda hurmatga sazovor va odamlarni birlashtirish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi.

FIFA Prezidentining o‘zi BMT Bosh kotibi bo‘lishni xohlaydimi yoki yo‘qmi va Tramp bu masalani u bilan qay darajada muhokama qilgani noma’lum, deb qo‘shimcha qildi nashr.